15-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining mudofaani taʼminlashdagi ishtiroki
“Mudofaa toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (211-II-son) · Sana: 11.05.2001 · Amalda
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari:
harbiy xizmatga majburlarni va chaqiriluvchilarni xabardor etish va mudofaa ishlari boʻlimlariga chaqirishni tashkil etishda koʻmaklashadilar;
shaharchalar, qishloqlar va ovullarda harbiy xizmatga majburlarni va chaqiriluvchilarni birlamchi shaxsiy hisobga olish ishini yuritadilar, shuningdek fuqarolarni maʼnaviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda qatnashadilar;
fuqaro muhofazasi va hududiy mudofaa tadbirlarida qatnashadilar;
oʻz mulkidagi binolar, inshootlar, transport va aloqa vositalari hamda boshqa mol-mulklarni urush davrida mudofaa ehtiyojlari uchun qonunda belgilangan tartibda berib turadilar, qilingan xarajatlarning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda keyinchalik qoplanadi;
qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlarda qatnashadilar.
