16-modda. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mudofaani taʼminlashdagi ishtiroki
“Mudofaa toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (211-II-son) · Sana: 11.05.2001 · Amalda
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar:
safarbarlik rejalari hamda davlat va safarbarlik zaxiralari moddiy boyliklarini jamlash topshiriqlarida nazarda tutilgan tadbirlarni;
fuqaro muhofazasi va hududiy mudofaa tadbirlarini;
harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni hisobga olish va ularga bron berish tadbirlarini;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa tadbirlarni bajaradilar.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar oʻz mulkidagi binolar, inshootlar, transport va aloqa vositalari hamda boshqa mol-mulklarni mudofaa ehtiyojlari uchun qonunchilikka muvofiq berib turgan taqdirda ular qilgan xarajatlarning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda qoplanadi.
