14-modda. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari
“Mudofaa toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (211-II-son) · Sana: 11.05.2001 · Amalda
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
tegishli safarbarlik topshiriqlari bajarilishini taʼminlaydilar;
oʻz hududlarida joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda safarbarlik rejalari hamda davlat va safarbarlik zaxiralari moddiy boyliklarini jamlash topshiriqlari bajarilishi ustidan nazorat olib boradilar;
harbiy hisobga olish ishini, harbiy va muqobil xizmatga chaqirishni, safarbarlik, harbiy yigʻinlarni tashkil etishda, shuningdek safarbarlik va urush davrida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga bron berishda qatnashadilar;
fuqaro muhofazasi tadbirlari bajarilishini taʼminlaydilar;
hududiy mudofaa tadbirlarini rejalashtirishda va ularning bajarilishini taʼminlashda qatnashadilar;
Qurolli Kuchlarning zarur mahalliy ishlab chiqarish mahsulotlariga, issiqlik va elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlaydilar, ularga aloqa vositalarini beradilar, kommunal-maishiy va boshqa xizmatlar koʻrsatadilar;
harbiy qismlar, Qurolli Kuchlarning korxona, muassasa va tashkilotlari ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda yer, xizmat xonalari hamda turar joy beradilar;
fuqarolarning harbiy xizmatni oʻtashi, jangovar harakatlarda qatnashishi munosabati bilan ularga, shuningdek ularning oila aʼzolari uchun belgilangan ijtimoiy kafolatlar amalga oshirilishini taʼminlaydilar;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
