15-modda. Sugʻurta tovoni toʻlashni rad etish
Sugʻurta toʻgʻrisida (833-XII-son) · Sana: 06.05.1993 · Amalda
1. Basharti sugʻurta hodisasi:
a) sugʻurtalanuvchining yoki nomiga sugʻurta shartnomasi tuzilgan shaxsning sugʻurta hodisasini keltirib chiqarish uchun ataylab qilgan xatti-harakatlari natijasida (oʻzining fuqarolik burchini bajarish yoki sugʻurtalanuvchi yoxud uchinchi shaxslarning hayoti, sogʻligʻi, shaʼni va obroʻsini himoya qilish bilan bogʻliq xatti-harakatlar bundan mustasno);
b) sugʻurta tashkilotiga sugʻurta obyekti haqida atayin soxta maʼlumotlar xabar qilinishi oqibatida;
v) sugʻurta shartnomasida va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa hollar tufayli yuz bergan boʻlsa, sugʻurta tashkiloti sugʻurtalanuvchiga sugʻurta pulini (sugʻurta tovonini) toʻliq yoki qisman toʻlashni rad etishga haqlidir.
