121-modda. Mikrokredit tashkilotining huquqlari
Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida (O‘RQ-53-son) · Sana: 20.09.2006 · Amalda
Mikrokredit tashkiloti:
qarz oluvchi tomonidan shartnomaga muvofiq majburiyatlar bajarilishini taʼminlash sharti bilan yoki bunday shartsiz mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishga;
buyurtma beruvchiga mikromoliyaviy xizmat koʻrsatishni asoslantirilgan holda rad etishga;
mikromoliyaviy xizmat koʻrsatish va shartnoma boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni buyurtma beruvchidan soʻrab olishga;
maqsadli mikrokredit oʻz vaqtida toʻlanmagan yoki belgilangan maqsadda foydalanilmagan holda qarz oluvchidan majburiyatlar muddatidan ilgari bajarilishini talab qilishga;
maslahat va axborot xizmatlari koʻrsatishga;
mikrokredit tashkilotining qarz oluvchilari tomonidan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun shartnomaga muvofiq neustoyka (jarima, penya) miqdorini belgilashga;
mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish uchun ushbu Qonunga muvofiq mablagʻlar jalb etishga haqli.
Mikrokredit tashkiloti qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
