122-modda. Mikrokredit tashkilotining majburiyatlari
Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida (O‘RQ-53-son) · Sana: 20.09.2006 · Amalda
Mikrokredit tashkiloti:
buyurtma beruvchiga uning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida, shu jumladan shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi oqibatlari, mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq barcha xarajatlar toʻgʻrisida, shuningdek koʻrsatiladigan mikromoliyaviy xizmat boʻyicha foiz stavkasi haqida toʻgʻri hamda toʻliq axborotni yozma shaklda xabar qilishi;
shartnomada belgilangan tartibda va muddatlarda mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishi;
shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi natijasida qarz oluvchiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi;
belgilangan eng kam miqdordan past boʻlmagan ustav fondiga ega boʻlishi;
moliyaviy va kassa operatsiyalari oʻtkazish qoidalariga, shuningdek belgilangan iqtisodiy normativlarga rioya qilishi;
qonunchilikka muvofiq buxgalteriya hisobi, hisobotini va boshqa hujjatlarni yuritishi;
hisobotni belgilangan tartibda oʻz vaqtida taqdim etishi;
tekshirish oʻtkazish uchun yuborilgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki vakillariga hujjatlar va mikrokredit tashkiloti faoliyati toʻgʻrisidagi boshqa axborot manbalaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlashi shart.
Mikrokredit tashkilotining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
