181-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamda uning hududiy boʻlinmalari
“Prokuratura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (257-II-son) · Sana: 29.08.2001 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi (bundan buyon matnda Byuro deb yuritiladi) tashkil etiladi. Byuroni maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport taʼminoti shart-sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosariga tenglashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod etiladigan direktor boshqaradi.
Byuro direktori lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat ijrochisi hisoblanadi.
Byuro direktorining oʻrinbosarlari Byuro direktorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Byuro hududiy boshqarmalarining boshliqlari Byuro direktorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Byuroning tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari Byuro direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Byuro va uning hududiy boʻlinmalarining tashkil etilishi va faoliyati tartibi qonunchilikda belgilanadi.
