14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobdorligi
“Prokuratura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (257-II-son) · Sana: 29.08.2001 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati oldida hisobdordir.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga:
qonuniylik hamda jinoyatchilikka qarshi kurashning holati toʻgʻrisida — muntazam ravishda;
oʻta ogʻir jinoyatlar va favqulodda hodisalar toʻgʻrisida — zudlik bilan;
prokuratura organlari amalga oshirgan ishlar toʻgʻrisida — har olti oyda axborot taqdim etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarini ijro etish maqsadida oʻtkazilgan tekshiruvlar davomida davlat boshqaruvi organlari va hokimlarning qonunchilik normalariga nomuvofiq boʻlgan hujjatlari aniqlangan taqdirda, Bosh prokuror bu hujjatlarni toʻxtatib turish yoki bekor qilish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi.
Davlat boshqaruvi organlari va hokimlarning hujjatlari fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini jiddiy ravishda kamsitayotgan boʻlsa, Bosh prokuror bu hujjatlarni toʻxtatib turish yoxud bekor qilish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga oʻz faoliyati haqida muntazam ravishda hisobot beradi.
