14-modda. Talabnomaga doir qaror ustidan shikoyat qilish hamda oʻtkazib yuborilgan muddatlarni qayta tiklash
Mahsulot belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari toʻgʻrisida (860-XII-son) · Sana: 07.05.1993 · Amalda
1. Talabnoma beruvchi ekspertiza qarorida koʻrsatilgan materiallar bilan tanishishga va talabnoma yuzasidan chiqarilgan qarorni olganidan soʻng bir oy mobaynida ana shu materiallarning nusxasini talab qilib olishga haqlidir.
2. Agar talabnoma beruvchi dastlabki ekspertiza yoki talabnomada ifodalangan belgi yuzasidan oʻtkazilgan ekspertiza qaroridan norozi boʻlsa, qaror olingan paytdan eʼtiboran uch oy mobaynida Patent idorasining Apellatsiya kengashiga (matnda bundan keyin “Apellatsiya kengashi” deb yuritiladi) eʼtiroznoma berishga haqlidir. Eʼtiroznoma toʻrt oy ichida Apellatsiya kengashi tomonidan qarab chiqilishi kerak.
3. Talabnoma beruvchi Apellatsiya kengashi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda qaror olingan kundan eʼtiboran olti oy ichida Oliy sudga shikoyat bilan murojaat etishi mumkin.
4. Ushbu Qonun 11-moddasining 3-bandida va mazkur moddaning 1-bandida nazarda tutilgan, talabnoma beruvchi tomonidan oʻtkazib yuborilgan muddatlar ana shu muddatlar tugashiga qadar ikki oy ichida talabnoma beruvchining iltimosiga binoan Patent idorasi tomonidan, basharti uzrli sabablar mavjudligi tasdiqlansa va boj toʻlansa, tiklanishi mumkin.
