13-modda. Talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan oʻtkazish
Mahsulot belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari toʻgʻrisida (860-XII-son) · Sana: 07.05.1993 · Amalda
1. Talabnomada ifodalangan belgining ekspertizasi dastlabki ekspertiza tugagach, talabnoma Patent idorasiga tushgan paytdan eʼtiboran oʻn ikki oy ichida oʻtkaziladi.
Ekspertiza davomida arizada ifodalangan belgining ushbu Qonun 5, 6, 8, 9-moddalari talablariga mosligi tekshiriladi va basharti, dastlabki ekspertiza oʻtkazilayotganida belgilanmagan boʻlsa, mahsulot belgisining ustuvorligi belgilanadi.
2. Ekspertiza natijalariga binoan mahsulot belgisini roʻyxatdan oʻtkazish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
3. Birmuncha oldingi ustuvorlikka ega boʻlgan talabnoma tushgan taqdirda mahsulot belgisini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ekspertizaning qarori ushbu Qonunning 10-moddasiga muvofiq qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
