12-modda. Dastlabki ekspertiza
Mahsulot belgilari va xizmat koʻrsatish belgilari toʻgʻrisida (860-XII-son) · Sana: 07.05.1993 · Amalda
1. Talabnomaning dastlabki ekspertizasi u Patent idorasiga tushgan kundan eʼtiboran bir oy ichida oʻtkaziladi.
2. Dastlabki ekspertiza davomida talabnoma mazmuni, zarur hujjatlarning mavjudligi, shuningdek ularning belgilangan talablarga mos kelishi tekshiriladi. Dastlabki ekspertiza natijalariga binoan talabnoma qarab chiqish uchun qabul qilingani yoki rad etilgani haqida talabnoma beruvchiga maʼlum qilinadi.
3. Talabnoma qarab chiqish uchun qabul qilingan taqdirda talabnoma beruvchiga mahsulot belgisi ustuvorligi belgilanganligi maʼlum qilinadi. Talabnoma beruvchi konvensiya yoki koʻrgazma ustuvorligini soʻragan, lekin talabnomani qarab chiqish uchun qabul qilish chogʻida qoʻyilayotgan talab toʻgʻri ekanligini tasdiqlovchi zarur hujjatlarni taqdim etmagan hollar bundan mustasnodir.
