“9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
“Yer toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (859-XII-son) · Sana: 07.05.1993 · Amalda
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ixtiyorida boʻladi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi yerlarni posyolka va qishloq oʻzini oʻzi boshqaruv idoralari bilan, hokimiyatning tuman, shahar va viloyat idoralari bilan, shuningdek yerga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilar bilan kelishilgan holda tasarruf etish;
yerlardan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini oshirish, tabiatni qoʻriqlash sohasidagi boshqa tadbirlar bilan kompleks tarzda yer resurslarini muhofaza qilish yuzasidan hokimiyat mahalliy idoralari bilan birgalikda respublika dasturlarini ishlab chiqish va ularni bajarish;
yer tuzishni hamda Davlat yer kadastrini yuritishni tashkil etish”.
3. 10-modda:
birinchi va ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Yer qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligini yuritish uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga doimiy egalik qilish uchun, qonunlarda koʻzda tutilgan hollarda esa boshqa maqsadlar uchun ham beriladi.
Doimiy yoki vaqtincha foydalanish uchun er:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga;
sanoat, transport hamda qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanmaydigan boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga;
mudofaa ehtiyojlari uchun;
diniy tashkilotlarga;
chet el yuridik shaxslari ishtirokidagi qoʻshma korxonalarga, xalqaro birlashmalarga hamda tashkilotlarga beriladi;
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun ayrim shaxslarga yer uchastkalari meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod egalik qilish uchun va foydalanish uchun beriladi”;
uchinchi – toʻqqizinchi qismlari tegishli ravishda toʻrtinchi – oʻninchi qismlar deb hisoblansin.
4. 11-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yerni shartnoma asosida ijraga muayyan muddatga, qishloq xoʻjalik maqsadlari uchun esa kamida 10 yilga quyidagi idoralar beradilar:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga — qishloq va posyolka oʻzini oʻzi boshqaruv idoralari, hokimiyatning tuman va shahar idoralari;
