“23-modda. Dehqon xoʻjaliklariga yer berish
“Yer toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (859-XII-son) · Sana: 07.05.1993 · Amalda
Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun ayrim shaxslarga meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod egalik qilish uchun, foydalanish uchun yoki ijaraga kamida oʻn yil muddatga yer uchastkasi beriladi.
Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun beriladigan yer uchastkasining hajmi mahalliy sharoitlarda, shuningdek dehqon xoʻjaligining miqdoriy tarkibini hisobga olgan holda har bir hol uchun hokimiyatning tuman idoralari tomonidan belgilanadi.
Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun shaxslarga yer berish tartibi qonunlarda belgilab qoʻyiladi”.
16. 25-modda:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Sugʻoriladigan yerlar alohida muhofaza qilinishi lozim, ularni sugʻorilmaydigan yerlar sirasiga oʻtkazilishi tuproq-meliorativ sharoitlarni va yerlarning suv bilan taʼminlanganligini, ulardagi mavjud suv resurslarini va bu suvlarga belgilangan limitlarni eʼtiborga olib, hokimiyatning viloyat idoralari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishib amalga oshiriladi”.
17. 26-modda:
3-bandi “sugʻoriladigan yerlarni” degan soʻzlardan oldin “meliorativ jihatdan nobop” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
7-bandi “ushbu Qonunning 53-moddasiga” degan soʻzlardan keyin “hamda boshqa qonun hujjatlariga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
18. 28-modda quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
