7-modda. Hokimiyat viloyat idoralarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi vakolatlari
“Yer toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (859-XII-son) · Sana: 07.05.1993 · Amalda
Yer munosabatlarini tartibga solish sohasida quyidagilar viloyat hokimiyat idoralarining ixtiyorida boʻladi:
erlardan foydalanishni va ularni muhofaza qilishni nazorat etish;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qishloq xoʻjalik ehtiyojlari uchun, davlat va jamoatning boshqa ehtiyojlari uchun ushbu moddaning toʻrtinchi xatboshisida aytilgan shartlarga rioya qilgan holda egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer berish;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilab qoʻyiladigan roʻyxatga muvofiq olib qoʻyiladigan yerlar, shu jumladan alohida muhofaza etiladigan tabiiy hamda tarixiy-madaniy obyektlar va hududlar egallab turgan yerlar, shahar atrofi yerlari va shaharlarning yashil zonalari yerlari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va oʻquv yurtlarining tajriba maydonlari, birinchi guruhga mansub oʻrmonlarning yerlaridan tashqari barcha yerlarni katta-kichikligidan qatʼi nazar olib qoʻyish;
yer-kadastr hujjatlarining yuritilishini tashkil etish;
yer tuzish ishlarini tashkil etish”.
