9-modda. Sertifikatlashtirish toʻgʻrisida axborot
Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida (1006-XII-son) · Sana: 28.12.1993 · Amalda
“Oʻzstandart” agentligi tayyorlovchilarni (ijrochilarni), sotuvchilarni, isteʼmolchilarni va boshqa manfaatdor shaxslarni sertifikatlashtirishning amaldagi tizimlari, ularning organlari, sinov laboratoriyalari (markazlari), ekspertlar toʻgʻrisida, shuningdek muvofiqlik sertifikatlari, muvofiqlik belgilari va ularni qoʻllash qoidalari toʻgʻrisida xabardor etib boradi.
Sertifikatlashtirish organlari arizachiga uning talabiga binoan mahsulotni sertifikatlashtirish uchun kerakli axborotni berishlari shart.
Arizachi sertifikatlashtirish organining talabiga binoan sertifikatlashtirish bilan bogʻliq axborotni taqdim etishi shart, tijorat siri hisoblangan maʼlumotlar bundan mustasno.
