6-modda. Sertifikatlashtirish obyektlari va subyektlari
Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida (1006-XII-son) · Sana: 28.12.1993 · Amalda
Mahsulotlar, shu jumladan dasturiy va boshqa ilmiy-texnikaviy mahsulotlar sertifikatlashtirish obyektidir.
“Oʻzstandart” agentligi, akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari, sinov laboratoriyalari (markazlari), sertifikatlashtirish boʻyicha inspeksiya organlari, sifat boʻyicha ekspert-auditorlar, muvofiqlikni baholash faoliyatida ishtirok etadigan xodimlar, shuningdek mahsulotlari sertifikatlashtirilishi lozim boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar sertifikatlashtirish subyektlaridir.
Sertifikatlashtirish subyektlari — yuridik shaxslar sertifikatlashtirish milliy tizimi doirasida sertifikatlashtirish tizimlari tuzishlari mumkin. Yuridik shaxslarning sertifikatlashtirish tizimlari “Oʻzstandart” agentligi belgilagan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi shart.
