22-modda. Sertifikatlashtirish organlarining va sinov laboratoriyalarining (markazlarining) javobgarligi
Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida (1006-XII-son) · Sana: 28.12.1993 · Amalda
Sertifikatlashtirish organi:
muvofiqlik sertifikatini asossiz va qonunga xilof tarzda berganlik uchun;
arizachiga nisbatan qonunga xilof xatti-harakatlar qilganlik uchun;
arizachining tijorat siri hisoblangan maʼlumotlarni oshkor etganlik uchun javobgar boʻladi.
Akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyasi (markazi) sertifikatlashtirish organiga sinovlarning natijalari haqida notoʻgʻri maʼlumot berganlik uchun javobgar boʻladi.
Sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalari (markazlari) mazkur moddada aytib oʻtilgan xatti-harakatlar natijasida arizachiga yetkazilgan zararning oʻrnini qonunchilikda belgilangan tartibda toʻla hajmda qoplashlari shart.
