21-modda. Shikoyatlarni qarab chiqish
Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida (1006-XII-son) · Sana: 28.12.1993 · Amalda
Sertifikatlashtirish natijalaridan norozi boʻlgan taqdirda manfaatdor tomon “Oʻzstandart” agentligining Shikoyatlarni qarab chiqish kengashiga murojaat etishga haqlidir.
Shikoyatlarni qarab chiqish kengashi toʻgʻrisidagi nizomni “Oʻzstandart” agentligi ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
“Oʻzstandart” agentligining Shikoyatlarni qarab chiqish kengashi sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarining (markazlarining) qarorlari ustidan berilgan shikoyat arizalarini qarab chiqadi.
Shikoyat arizalari ikki hafta ichida qarab chiqiladi.
“Oʻzstandart” agentligining, Shikoyatlarni qarab chiqish kengashining qarorlari ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.
