8-modda. Davlat nazorati organlari va obyektlari
Standartlashtirish toʻgʻrisida (1002-XII-son) · Sana: 28.12.1993 · Amalda
Xoʻjalik faoliyati subyektlari tomonidan standartlarning majburiy talablariga, standartlashtirishga taalluqli boshqa qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini “Oʻzstandart” agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va ularning hududiy organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek boshqa maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradi.
Idoraviy boʻysunuvi va mulk shaklidan qatʼi nazar, xoʻjalik faoliyati subyektlarining, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslarning mahsuloti, shu jumladan sertifikatlashtirilgan mahsulot (ishlab chiqish, tayyorlash, saqlash, tashish, foydalanish, taʼmirlash va chiqindini foydali suratda ishlatish bosqichlarida) davlat nazorati obyekti hisoblanadi.
Xoʻjalik faoliyati subyektlari davlat nazoratini amalga oshirish uchun barcha zarur sharoitni yaratishlari shart.
Standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini:
standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori;
standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari;
standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda oʻlchovlarning yagona birlikda boʻlishini taʼminlash boʻyicha davlat inspektorlari amalga oshiradilar.
