9-modda. Ishga joylashish huquqi
Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida (510-XII-son) · Sana: 13.01.1992 · Kuchini yo'qotgan
Mehnatkashlar korxonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga, yakka dehqonchilik (fermer) xoʻjaliklariga, boshqa ish beruvchilarga bevosita murojaat qilish yoki ish bilan taʼminlash davlat xizmatlarining bepul vositachiligi orqali ish joyini erkin tanlash huquqiga egadirlar.
Ishga qabul etish toʻgʻrisidagi qaror korxona, muassasa, tashkilot (boshqa ish beruvchi) bilan ish qidirayotgan odam oʻrtasidagi oʻzaro kelishuv asosida qabul qilinadi.
Ishga joylashish chogʻida shartnomalarni (kontraktlar, bitimlarni) tuzish tartibi va shartlari amaldagi qonunlar bilan tartibga solinadi.
