8-modda. Davlat hokimiyati mahalliy idoralarining ish bilan taʼminlash siyosatini amalga oshirishdagi vakolatlari
Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida (510-XII-son) · Sana: 13.01.1992 · Kuchini yo'qotgan
Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Sovetlari mintaqalarning xususiyatlarini hisobga olgan holda aholini ish bilan taʼminlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni hal qiladilar. Ularning qarorlarida, shuningdek jamoa shartnomalarida (bitimlarida) ishsizlik boʻyicha nafaqalar toʻlashning, maqbul keladigan ishni aniqlashning ushbu Qonunga zid boʻlmagan, mehnatkashlarning ijtimoiy muhofazalanganligini kuchaytiruvchi shartlari va tartibi, shu jumladan xalq deputatlari tegishli Sovetlarining oʻz mablagʻlari hisobidan nafaqalar toʻlash muddatlarini uzaytirish va nafaqalarni, shuningdek taʼlim olish davrida stipendiyalarni oshirish, pul toʻlanadigan jamoat ishlaridagi mehnatga haq toʻlash belgilanishi mumkin.
