30-modda. Ishsizlik nafaqasi miqdorlarini aniqlash tartibi
Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida (510-XII-son) · Sana: 13.01.1992 · Kuchini yo'qotgan
1. Ishidan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum boʻlgan shaxslar uchun ishsizlik nafaqasi avvalgi ish joyidagi oxirgi bir yilgi ish haqiga foiz nisbatida belgilanadi. Boshqa hamma hollarda ishsizlik nafaqasi eng kam miqdordagi ish haqiga foiz nisbatida belgilanadi.
2. 16 yoshga toʻlmagan bolalari va qaramogʻida boshqa kishilar boʻlgan ishsizlarga nafaqa miqdori 10 foiz oshiriladi.
3. Ish haqiga koeffitsiyentlar belgilangan joylarda yashovchi shaxslarga ishsizlik nafaqasi miqdorlari ularning shu joylarda yashagan davri uchun mazkur joyda noishlab chiqarish tarmoqlarining xodimlariga belgilangan koeffitsiyentni qoʻllagan holda tayinlanadi.
4. Ishsizlik nafaqasining miqdori belgilangan tartibda indekslanishi lozim.
