14-modda.
Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisida (846-XII-son) · Sana: 07.05.1993 · Amalda
Xususiylashtirilgan kvartiraning, uyning (uy bir qismining) egasi:
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning, davlatning huquqlari hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlariga putur yetkazmagan holda ana shu turar joyga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish;
kommunal xizmatlar haqini va sugʻurta badallarini toʻlash boʻyicha, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha imtiyozlardan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanish.
egallab turgan maydonning sathidan qatʼi nazar, boshqa kvartirani, uyni (uyning bir qismini) sotib olish;
kvartiraga, uyga (uyning bir qismiga) turar joy maydonining sathidan qatʼi nazar, ushbu Qonun 13-moddasining birinchi bandida uqtirilgan oila aʼzolarini, boshqa shaxslarni uy roʻyxatidan oʻtkazish;
oʻz kvartirasini, uyini istalgan boshqa kvartiraga yoki uyga, shu jumladan kooperativ kvartira yoki uyga uy roʻyxatidan oʻtkazish va turar joyi borasida hech qanday cheklovlarsiz ayirboshlash;
shirkatlar tashkil etish hamda turar joy va birgalikda tasarruf etiladigan joylardan foydalanish boʻyicha bunday ishlarni amalga oshiruvchi tashkilotni, shu jumladan davlat uy-joylardan foydalanish va taʼmirlash-qurilish tashkilotlarini, kooperativlar, xususiy hamda boshqa xoʻjalik subyektlarini mustaqil belgilash, uy-joylarga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash uchun shartnomalar tuzish;
uylar va uylar oldidagi hududlarni orasta saqlash borasida bajarilayotgan ishlar sifatini baholashda bevosita yoxud shirkatlar tarkibida qatnashish, shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik yoki belgilangan tartibda bajarmaganlik uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga nisbatan, shuningdek ayrim shaxslarga nisbatan jarima choralari qoʻllash yuzasidan materiallar taqdim etish;
xususiylashtirilgan uy-joydan fuqarolarni koʻchirmasdan amalga oshirilishi mumkin boʻlmagan kapital taʼmirlashni oʻtkazish payti uchun mulk egalaridan yoki turar joy fondini idora etishga vakolati boʻlgan organlardan turar joyni ijaraga olish huquqiga egadir.
