5-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotning muhofaza qilinishini tashkil etish
Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisida (O‘RQ-30-son) · Sana: 04.04.2006 · Amalda
Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotning muhofaza qilinishini tashkil etish:
axborotni muhofaza qilish, axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini hamda kiberxavfsizligini taʼminlash qoidalarini ishlab chiqish hamda ularga rioya etish, shuningdek avtomatlashtirilgan bank tizimida ishlov beriladigan axborotni muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarning bajarilishi ustidan nazorat qilish;
sertifikatlangan texnika vositalari va axborotni muhofaza qilish vositalaridan foydalanish;
avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish;
avtomatlashtirilgan bank tizimida axborot toʻplashga doir faoliyatni va unga ishlov berish usullaridan foydalanishni muvofiqlashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
