4-modda. Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilishning maqsadlari
Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish toʻgʻrisida (O‘RQ-30-son) · Sana: 04.04.2006 · Amalda
Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
banklarning axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini hamda kiberxavfsizligini taʼminlash va bank sirini muhofaza qilish;
axborotning tarqalib ketishi, oʻgʻirlanishi, yoʻqotilishi, buzib talqin etilishi, toʻsib qoʻyilishi, qalbakilashtirilishi va undan oʻzgacha tarzda ruxsatsiz foydalanilishi, shuningdek nusxa olinishining hamda avtomatlashtirilgan bank tizimiga boshqacha shakldagi aralashuvlarning oldini olish.
