9-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari
Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida (159-I-son) · Sana: 21.12.1995 · Amalda
Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish Vazirlar Mahkamasi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ishlab chiqiladigan kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning davlat hamda hududiy dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning davlat va hududiy dasturlari bozor infrastrukturasini vujudga keltirishni, qulay tadbirkorlik muhitini shakllantirishni hamda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni iqtisodiy ragʻbatlantirish tadbirlarini oʻz ichiga oladi.
Dasturlarni moliyaviy taʼminlash kichik va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash fondlari, xalqaro dasturlar boʻyicha, xususiy va boshqa manbalardan jalb etilgan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
