10-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash fondlari
Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida (159-I-son) · Sana: 21.12.1995 · Amalda
Kichik va xususiy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash fondlari:
kreditlar, shu jumladan imtiyozli kreditlar berish asosida investitsiya loyihalarini moliyaviy taʼminlash;
ustav sarmoyasida ishtirok etish;
maslahat va axborot xizmatlari koʻrsatish shaklida texnik jihatdan koʻmaklashish;
infrastrukturani rivojlantirishga koʻmaklashish;
olinayotgan kreditlar uchun kafolatlar, majburiyatlar va kafilliklar berish yoʻli hamda qoʻllab-quvvatlashning boshqa shakllari bilan kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirishni ragʻbatlantirish uchun hosil qilinadi.
