8-modda. Kadastr agentligining davlat yer kadastrini yuritish sohasidagi vakolatlari
Davlat yer kadastri toʻgʻrisida (666-I-son) · Sana: 28.08.1998 · Amalda
Kadastr agentligining davlat yer kadastrini yuritish sohasidagi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida davlat yer kadastri yuritilishini tashkil etish;
Yer resurslarining holati toʻgʻrisidagi har yilgi milliy hisobotni tuzish;
viloyatlar, tumanlar hamda aholi punktlarining maʼmuriy chegaralarini belgilash (aniqlashtirish) ishlarini tashkil etish va oʻtkazish;
normativ hujjatlarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash;
mutaxassislarni tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
