22-modda. Yer kadastri xaritalari va planlari
Davlat yer kadastri toʻgʻrisida (666-I-son) · Sana: 28.08.1998 · Amalda
Yer kadastri xaritalari va planlari qonunchilikda belgilangan tartibda mavzusi, hududlarni (respublika, viloyat, tuman, aholi punktlari, yer uchastkalari) qamrab olishi, masshtablari va boshqa belgilari boʻyicha tasniflanadi.
Tuman yer kadastri xaritasi, aholi punkti va yer uchastkasining planlari grafik hujjatlar boʻlib, ular yer uchastkasining joylashgan oʻrnini, maydonlari, chegaralarini, yerlarni baholash zonalarini, suv manbalarini, yer uchastkasida joylashgan binolar va inshootlarni aks ettirish, shuningdek kadastrga doir tegishli tavsiflar olish maqsadida tuziladi hamda ularga tuzatishlar kiritiladi.
Yer kadastri xaritalari va planlari axborotlarni ifoda qilishning anʼanaviy vositalari (qogʻoz, plastik) yordamida ham, elektron vositalar (raqamli xaritalar) yordamida ham tuziladi.
