9-modda. Yer soligʻi toʻlashdan ozod etilgan toʻlovchilar
Er soligʻi toʻgʻrisida (831-XII-son) · Sana: 06.05.1993 · Amalda
Quyidagi toʻlovchilar, chunonchi:
v) mulkchilik shakli va boʻysunuvidan qati nazar, madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot muassasalari oʻz zimmalaridagi vazifalarni bajarish maqsadida ajratilgan yer uchastkalari uchun;
g) “Vatanparvar” mudofaa jamiyati, “Orol” fondi, boshqa ekologiya hamda xayriya fondlari, diniy tashkilotlar, ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanuvchi boʻlinmalaridan tashqari;
d) nogironlarning jamoat tashkilotlari, bu tashkilotlarning muassasalari, oʻquv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari, basharti, ulardagi jami ishlovchilarning kamida 50 foizini nogironlar tashkil etsa;
e) kam sonli xalqlar va etnik guruhlar yashaydigan joylarda anʼanaviy hunarmandchilik va xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalar – qishloq xoʻjaligidan boʻlak maqsadlar yoʻlida foydalanadigan yer uchastkalari uchun;
j) chet el investitsiyalari ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari roʻyxatdan oʻtgan kundan eʼtiboran ikki yil davomida.
i) dehqon xoʻjaliklari – roʻyxatga olingan paytdan boshlab 2 yil muddatga;
k) yaylov chorvachiligining choʻponlari, yilqiboqarlari, tuyaboqarlari, mexanizatorlari, veterinariya vrachlari va texniklari, boshqa mutaxassislari va ishchilari;
l) Sovet Ittifoqi Qahramonlari, uchala darajadagi Shuhrat ordenlari bilan mukofotlangan shaxslar, Sotsialistik Mehnat Qahramonlari, Ulugʻ Vatan urushi nogironlari va qatnashchilari hamda baynalmilal burchini bajargan shaxslar, “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni berilgan shaxslar, muddatli xizmat harbiy xizmatchilari, I va II guruh mehnat nogironlari, boquvchisidan mahrum boʻlgan koʻp bolali oilalar, bolaligidan nogironlar, bolaligida konsentratsion lagerlarning tutquni boʻlgan fuqarolar, Chernobil atom elektr stansiyasidagi falokat oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslar, shaxsiy va yolgʻiz pensionerlar – yakka tartibdagi uy-joy qurish va shaxsiy yordamchi xoʻjalik yuritish uchun qonunlarda nazarda tutilgan meʼyorlar doirasida berilgan yer uchastkalari uchun;
m) koʻchib kelgan fuqarolar – yer uchastkalari berilgan vaqtdan boshlab 5 yil davomida oʻzlari koʻchib kelib joylashgan yer uchastkalari uchun;
n) fuqarolar – yer uchastkalari berilgan vaqtdan boshlab 3 yil davomida yakka tartibdagi uy-joy qurish va shaxsiy yordamchi xoʻjalik yuritish uchun qonunlarda belgilangan meʼyorlar doirasida berilgan yer uchastkalari uchun;
