8-modda. Soliq undirilmaydigan yer uchastkalari
Er soligʻi toʻgʻrisida (831-XII-son) · Sana: 06.05.1993 · Amalda
1. Quyidagi yerlar, chunonchi:
a) shaharlar, shahar posyolkalari va qishloq aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, koʻchalar, tor koʻchalar, yoʻllar, sohil boʻylari, ariq tarmoqlari va hokazo);
b) bogʻdorchilik-dehqonchilik shirkatlari, jamoat garajlarining umumiy foydalanishdagi yerlari;
v) tabiatni muhofaza qilish ahamiyatidagi yerlar (qoʻriqxonalar, milliy va dendrologiya bogʻlari, botanika bogʻlari, buyurtma qoʻriqxonalar (ov qilishga moʻljallanganlaridan tashqari) va tabiat yodgorliklari, ihota daraxtzorlari;
g) sogʻlomlashtirish ishlarini oʻtkazish ahamiyatidagi (kasalliklarning oldini olish va odamlarni davolash uchun maqbul tabiiy omillarga ega boʻlgan) yerlar;
d) istirohatgoh yerlar (oʻrmonzorlar, bogʻlar, hiyobonlar, sayrgohlar, choʻmilish joylari va shunga oʻxshash aholining ommaviy dam olishi va sayyohlikni tashkil etish uchun tegishli muassasalarga berilgan yerlar;
e) tarixiy-madaniy ahamiyatga ega boʻlgan yerlar (tarixiy madaniy qoʻriqxonalar, xotira bogʻlari, qabristonlar, arxeologiya yodgorliklari, tarix va madaniyat yodgorliklari va hokazo);
j) suv fondi yerlari (daryolar, qoʻllar, suv omborlari, kanallar, ichki dengizlar, botqoqliklar, gidrotexnika va boshqa suv xoʻjaligi inshootlari egallagan yerlar, shuningdek suv xoʻjaligining ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda berilgan suv havzalari tegrasidagi yerlar va boshqalar);
z) zaxira yerlari;
i) elektr uzatish tarmoqlari, kabel liniyalari va podstansiyalar uchun ajratilgan yerlar, issiqlik trassalari, gaz quvurlari va neft quvurlari umumdavlat aloqa liniyalari oʻtgan yerlar hamda ularning inshootlari joylashgan yerlar;
k) sport inshootlari, stadionlar, sport maydonchalari, suzish havzalari, sportning texnika turlari obyektlari va boshqa jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish komplekslari, onalar va bolalarning dam olish-sogʻlomlashtirish joylari, oʻquv-mashq bazalari, sanatoriy-kurort muassasalari va dam olish uylari egallagan yerlar;
l) avtomobil va temir yoʻllar himoya ostidagi tegrasi va ulardagi inshootlari bilan, (xizmat bilan bogʻliq chek yer sifatida berilgan yerlardan tashqari) uchish-qoʻnish maydonlari, shu jumladan samolyotlarni yerda boshqarish yoʻlkalari va samolyotlarni saqlash joylari, aeroportlarning radionavigatsiya va elektr-yoritish uskunalari joylashgan hamda umumiy foydalanishdagi shahar elektr transporti (shu jumladan metropoliten) uchun ajratilgan yerlar;
