129-modda. Bankrot yuridik shaxsni tugatish rejasi
“Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (474-II-son) · Sana: 24.04.2003 · Amalda
Bankrot yuridik shaxsni tugatish rejasida quyidagilar boʻlishi lozim:
bankrotning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
kreditorlarning talablarini qondirish shartlari, tartibi, navbati va nisbati;
bankrot mol-mulki egasining, mehnat jamoasining manfaatlari hisobga olinganligi;
sotilishi lozim boʻlgan mol-mulk roʻyxati;
mol-mulkni sotish sanasi, vaqti, joyi va usuli;
sud xarajatlarini toʻlash, tugatish boshqaruvchisiga, ekspertlar va boshqa shaxslarning faoliyatiga haq toʻlash shartlari.
Bankrot yuridik shaxsni tugatish rejasi kreditorlar yigʻilishi bilan kelishib olinishi kerak va reja, agar talablar jami summasining kamida uchdan ikki qismini ifoda etuvchi kreditorlar tomonidan qoʻllab-quvvatlansa, maʼqullangan deb hisoblanadi. Agar tugatish rejasi maʼqullanmagan boʻlsa, kreditorlar esa bankrot yuridik shaxsni tugatishga doir rejasini belgilangan muddatda taqdim etmagan boʻlsa, tugatish boshqaruvchisi oʻz rejasini tasdiqlaydi.
Agar qarzdorning oʻzi bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish tashabbuskori boʻlsa, u oʻz tugatish rejasini taqdim etishga haqli.
Bankrot yuridik shaxsni tugatishning tasdiqlangan rejasi asosida mol-mulk sotiladi hamda kreditorlarning qarzdorga qoʻyadigan talablari ushbu Qonunning 133, 134, 135 va 169-moddalarida belgilangan tartibda qondiriladi.
