99-modda. Suvni va suv obyektlarini chiqit va chiqindilar bilan ifloslantirishdan muhofaza qilish
Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida (837-XII-son) · Sana: 06.05.1993 · Amalda
Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va fuqarolarga quyidagilar taqiqlanadi:
ishlab chiqarish chiqitlari, maishiy va boshqa xil chiqitlar hamda chiqindilarni suv obyektlariga tashlash;
moylarning, yogʻochlarning, kimyoviy va neft mahsulotlarining hamda boshqa mahsulotlarning toʻkilib-sochilishi natijasida suvni va suv obyektlarini bulgʻatish va ifloslantirish;
suv havzalarining yuzi, suv havzalarini qoplab turgan yaxlar va muzliklarning yuzasi, sanoat chiqitlari, maishiy chiqindi va boshqa tashlandiq chiqitlar, shuningdek yer usti va yer osti suvlarning sifatini yomonlashtirib yuboradigan neft va kimyoviy mahsulotlar bilan bulgʻatish va ifloslantirish;
suvlarni oʻgʻitlar, zaharli kimyoviy moddalar va boshqa zararli moddalar bilan bulgʻatish;
suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalari rejimini buzish.
Oqova suvlarni suv obyektlariga oqizishga ushbu Qonunning 74 va 75-moddalarida koʻrsatib oʻtilgan talablarga rioya qilingan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi.
