62-modda. Baliqchilik xoʻjaligi suv havzalaridan yoki ov qilish uchastkalaridan foydalanuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning majburiyatlari
Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida (837-XII-son) · Sana: 06.05.1993 · Amalda
Foydalanish uchun baliqchilik xoʻjaligi suv havzalari yoki ov qilish uchastkalari berib qoʻyilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ushbu Qonunning 35 va 351-moddalarida nazarda tutilgan majburiyatlardan tashqari:
baliq zaxiralarining urchib koʻpayish sharoitlarini taʼminlashi;
irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini, sunʼiy hovuzlar va boshqa baliqchilik xoʻjaligi inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklashni amalga oshirishi, shuningdek ularni texnik jihatdan soz holatda saqlashi;
zarur melioratsiya ishlari olib borishi hamda mazkur korxonalar, muassasalar va tashkilotlar joylashgan yerlardagi qirgʻoq uchastkalarini lozim darajada sanitariya holatida saqlashi shart.
