61-modda. Baliq zaxiralarini muhofaza qilish va baliqlarni urchitib koʻpaytirish tadbirlari
Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida (837-XII-son) · Sana: 06.05.1993 · Amalda
Baliqchilik xoʻjaligi havzalaridagi gidrotexnika inshootlari va boshqa inshootlarni ishlatishda baliq zaxiralarini muhofaza qilish va baliqlarni urchitib koʻpaytirish shart-sharoitlarini taʼminlash tadbirlari oʻz vaqtida amalga oshirilishi lozim.
Baliqchilik xoʻjaligiga qarashli suv havzalaridagi baliqlar urugʻ tashlaydigan joylarga va ularning qishlov uyalari joylashgan yerlarga tuproq toʻkish, baliq zaxiralari holatiga hamda ularning urchib koʻpayish sharoitlariga salbiy taʼsir etuvchi boshqa ishlarni bajarish man qilinadi.
Sanoat maqsadlari, sugʻorish va boshqa ehtiyojlar uchun baliqchilik xoʻjaligi suv havzalaridan suv olishga ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari bilan kelishib, suv chiqarish inshootlariga baliq tushib qolmasligini taʼminlaydigan maxsus moslamalar oʻrnatilgan taqdirdagina yoʻl qoʻyilishi mumkin.
