48-modda. Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suvdan foydalanishni va suv isteʼmolini rejalashtirish
Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida (837-XII-son) · Sana: 06.05.1993 · Amalda
Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli har yilgi suv bilan haqiqiy taʼminlanganlik hisobga olingan holda suvdan foydalanish va suv isteʼmoli rejalari asosida amalga oshiriladi.
Kollektor-drenaj tarmogʻida suvdan foydalanishni va suv isteʼmolini rejalashtirish melioratsiya qilinayotgan yerlarning holatini, kollektor-drenaj suvi sifatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Suv isteʼmoli rejalari “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi. “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari suv isteʼmoli rejalarini umumlashtiradi va suvdan foydalanish rejalarini tuzadi.
“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarining suvdan foydalanish rejalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan umumlashtiriladi.
Quyidagilar:
“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi bilan kelishilgan holda — suv isteʼmolchilari boʻyicha;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining tegishli hududiy organlari bilan kelishilgan holda — “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi boʻyicha;
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi, yirik va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari boʻyicha tuzilgan hamda umumlashtirilgan suvdan foydalanish rejalarini tasdiqlaydi.
