47-modda. Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish va suv isteʼmoli
Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida (837-XII-son) · Sana: 06.05.1993 · Amalda
Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suvdan foydalanish va suv isteʼmoli qishloq xoʻjaligi korxonalari, muassasalari, tashkilotlari, fermer va dehqon xoʻjaliklarining, shuningdek fuqarolarning sugʻoriladigan yerlarida qulay suv rejimini vujudga keltirish maqsadida amalga oshiriladi.
Suv obyektlaridan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish limit boʻyicha suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilishning belgilangan tartibiga rioya etgan holda suvdan umumiy va maxsus foydalanish yoki suvni umumiy va maxsus isteʼmol qilish tartibida amalga oshiriladi. Fermer va dehqon xoʻjaliklarining suv olish limitlari ularning roziligisiz oʻzgartirilishi mumkin emas, manbalarning suvi kamaygan hollar bundan mustasno.
Qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus isteʼmol qilish uchun ruxsatnoma ushbu Qonunning 27-moddasiga muvofiq beriladi.
