36-modda. Suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish huquqini bekor qilish asoslari
Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida (837-XII-son) · Sana: 06.05.1993 · Amalda
Suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish huquqi:
suvdan foydalanishga, suv isteʼmoliga ehtiyoj qolmaganda yoki ulardan voz kechilganda;
suvdan foydalanish yoki suv isteʼmoli muddati tugaganda;
korxona, muassasa, tashkilot, fermer xoʻjaligi tugatilganda, dehqon xoʻjaligi tugatilganda (faoliyati tugatilganda);
suv xoʻjaligi inshootlari boshqa suvdan foydalanuvchilarga berilganda;
tanho foydalanilayotgan suv obyektlarini qaytarib olishga zarurat tugʻilganda bekor qilinadi.
Suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish va suvlarni muhofaza qilish qoidalari buzilgan yoxud suvdan maqsadsiz foydalanilganda yoki suv maqsadsiz isteʼmol qilinganda hamda limitdan ortiqcha suv olinganda, suv resurslaridan foydalanganlik, suvni yetkazib berish boʻyicha xizmatlar va koʻrsatilgan boshqa suv xoʻjaligi xizmatlari uchun toʻlovlar toʻlanmagan taqdirda ham suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish huquqi bekor qilinishi mumkin (ichimlik va maishiy ehtiyojlar uchun suvlardan foydalanish huquqi bundan mustasno).
Qonunchilikda suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish huquqini bekor qilishning boshqa asoslari ham nazarda tutilishi mumkin.
