321-modda. Suv isteʼmolchilarining huquqlari
Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida (837-XII-son) · Sana: 06.05.1993 · Amalda
Suv isteʼmolchilari:
berilayotgan suvning miqdori va sifatini tekshirish;
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarni istisno etganda, suv isteʼmoli toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha olinmay qolgan suv uchun kompensatsiya talab qilish;
suv resurslarini boshqarishga oid qarorlar qabul qilinishida ishtirok etish;
oʻz ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda suv olish limitlarini oʻzgartirish boʻyicha takliflar kiritish;
suvga doir munosabatlar sohasidagi oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarini ifodalash va himoya qilish uchun uyushmalarga (ittifoqlarga) va boshqa birlashmalarga birlashish;
oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarining buzilishi, shu jumladan belgilangan suv olish limitlari va suv berish rejimiga muvofiq suv olish huquqining buzilishi tufayli yetkazilgan zararning oʻrni qonunchilikda belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish huquqiga egadir.
Suv isteʼmolchilari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
