8-modda. Litsenziya berishni rad etish asoslari
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida (813-I-son) · Sana: 19.08.1999 · Amalda
Quyidagilar litsenziya berishni rad etish uchun asos boʻladi:
yuridik shaxsning litsenziya olish paytida hujjatlarni lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etishi;
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada boʻlishi bilan bogʻliq faoliyatning xavfsizligini taʼminlash uchun sharoitlar yoʻqligi;
surunkali ruhiy holatining buzilganligi, giyohvandlik, zaharvandlik, alkogolizm tufayli dispanser hisobida turuvchi xodimlar mavjud boʻlsa va ular oʻz xizmat vazifasi taqozosiga koʻra giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalardan erkin foydalanish imkoniga ega boʻlsa;
qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan xodimlar mavjud boʻlsa va ular oʻz xizmat vazifasi taqozosiga koʻra giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalardan erkin foydalanish imkoniga ega boʻlsa;
yuridik shaxs litsenziya olish paytida taqdim etgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
litsenziya daʼvogarining litsenziya talablari va shartlariga nomuvofiqligi.
Boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan litsenziya berish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan litsenziya berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
