19-modda.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida (915-XII-son) · Sana: 02.09.1993 · Kuchini yo'qotgan
Yigʻin raisi (oqsoqoli) va yigʻin raisi tayinlaydigan kotib yigʻin qarorlari bajarilishini, shuningdek fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining joriy faoliyatini tashkil etadi va amalga oshiradi. Raisning (oqsoqolning) kotib tayinlash toʻgʻrisidagi qarori fuqarolarning yigʻini tomonidan tasdiqlanadi.
Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining yigʻini raisi (oqsoqoli) oʻz apparatiga ega boʻlib, uning miqdori xalq deputatlari tuman Kengashi yoki tuman hokimi bilan kelishilgan holda yigʻin (yigʻilish) tomonidan belgilanadi.
Rais (oqsoqol), kotib va apparat xodimlariga tuman, shahar budjeti mablagʻlari hisobidan haq toʻlanadi.
