18-modda.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida (915-XII-son) · Sana: 02.09.1993 · Kuchini yo'qotgan
Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining yigʻini (yigʻilishi) raisning (oqsoqolning) shaxsiy yordamchi xoʻjalik yuritish uchun ajratib beriladigan yer uchastkalari toʻgʻrisidagi taqdimnomasini, raisning (oqsoqolning) korxonalarga, muassasalarga, fuqarolarga egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer berish hamda bu subyektlarning yerlarga egalik qilish, ulardan foydalanish huquqlarini toʻxtatib qoʻyish toʻgʻrisidagi, shuningdek qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining egaligidagi yerlar tarkibiga kirmaydigan, shaharchalar va qishloq aholi punktlari chegarasidagi yerlarni olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorlarini tasdiqlaydi.
Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining yigʻini (yigʻilishi) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq yer munosabatlari sohasidagi boshqa masalalarni ham hal etadi.
