5-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining birlashmalari
Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida (754-I-son) · Sana: 14.04.1999 · Amalda
Tadbirkorlik subyektlari oʻz faoliyatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek huquqlarini hamda umumiy manfaatlarini ifoda etish va himoya qilish maqsadida uyushmalar (ittifoqlar) shaklida birlashmalar tuzishlari mumkin.
Tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini birgalikda yuritish maqsadida xoʻjalik birlashmalari, xoʻjalik shirkatlari yoki jamiyatlari tuzishlari mumkin.
Agar qatnashchilarning qaroriga binoan uyushma (ittifoq) zimmasiga tadbirkorlik faoliyatini yuritish yuklatilsa, bunday uyushma (ittifoq) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda konsernga, korporatsiyaga va boshqa shakldagi xoʻjalik birlashmalariga yoxud xoʻjalik shirkatiga yoki jamiyatiga aylantirilishi lozim.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining birlashmasini tuzish, uning faoliyat yuritishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi bilan bogʻliq munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
