32-modda. Tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari
Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida (754-I-son) · Sana: 14.04.1999 · Amalda
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash Tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini roʻyobga chiqarish yoʻli bilan quyidagilarni oʻz ichiga olgan holda amalga oshiriladi:
tadbirkorlikning normativ-huquqiy asosini takomillashtirish;
ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish;
tadbirkorlikni rivojlantirishning iqtisodiy ragʻbatlantirish choralari;
huquqiy, axborot, konsalting, lizing va boshqa xizmatlarni rivojlantirish.
