31-modda. Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan ragʻbatlantirish
Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida (754-I-son) · Sana: 14.04.1999 · Amalda
Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan ragʻbatlantirish:
tadbirkorlik sohasiga investitsiyalarni (shu jumladan chet el investitsiyalarini), zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni jalb etish uchun, shuningdek bozor infratuzilmasi institutlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish orqali;
tadbirkorlik faoliyati subyektlarining eksport-import operatsiyalarida, xalqaro koʻrgazmalar va yarmarkalarda, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi dasturlar va loyihalarni roʻyobga chiqarishda ishtirok etishini kengaytirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish orqali;
tadbirkorlik faoliyati subyektlari samarali faoliyat yuritishi uchun ularni zarur huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-texnikaviy va boshqa axborotlar bilan taʼminlash orqali;
soliqlar, yigʻimlar va tariflar boʻyicha imtiyozlar belgilash orqali;
boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
