31313-modda. Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish tartibi
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1182-son) · Sana: 14.10.2026 · Amalda
Daxlsizlikka ega boʻlgan shaxslarni sud tartibida maʼmuriy javobgarlikka tortish quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va Senati aʼzosini — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli palatasining roziligi bilan;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilini (ombudsmanni), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakilini (Bolalar ombudsmanini), Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining aʼzolarini — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligi bilan;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining boshqaruv xodimlarini, shu jumladan ular Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasidan ishdan boʻshatilganidan keyin besh yil davomida — ularning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va vakolatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan harakati yoki harakatsizligi uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yozma roziligi bilan;
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilni — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yozma roziligi bilan;
5) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputatini, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashining deputatini — tegishli prokurorning taqdimnomasiga asosan tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashining roziligi bilan (mazkur hududda sodir etgan huquqbuzarlik uchun);
6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni (nomzodlik maqomiga ega boʻlgan davrda) — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining roziligi bilan;
7) sudyani — tegishli sudyalar malaka hayʼatining xulosasi bilan;
