“91-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi vakolatlari
Qurilish sohasida davlat nazorati va boshqaruvi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1179-son) · Sana: 28.09.2026 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qurilayotgan binolar va inshootlar seysmik xavfsizligi taʼminlanishining texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini nazorat qiladi;
elektron texnik pasportlar asosida binolar va inshootlarni seysmik jihatdan zaifligi boʻyicha tasniflashda, shuningdek binolar va inshootlarning instrumental-texnik tekshiruvida hamda ularning zilzilabardoshligini oshirishda ishtirok etadi;
seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan hamda inspeksiya nazorati predmetiga kiruvchi barcha turdagi binolar va inshootlarning, shuningdek koʻp qavatli turar joylarning seysmik jihatdan zaifligini baholash uchun zarur boʻlgan axborotni oʻz ichiga oladigan elektron texnik pasportlarni shakllantiradi;
Oʻzbekiston Respublikasida qurilayotgan binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini taʼminlash, shuningdek mavjud binolar va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish uchun zarur choralar koʻradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi qonunchilikka muvofiq seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin”;
3) 14-moddaning:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Seysmik faol zonalarda joylashgan III-IV toifadagi obyektlar zaruratga koʻra, shuningdek ularning konstruksiyalariga favqulodda vaziyatlar oqibatida zarar yetkazilgan taqdirda, zilzilabardoshlikka doir instrumental-texnik tekshiruvdan oʻtkazilishi lozim”;
yettinchi qismidagi “Qurilish vazirligi huzuridagi qurilish” degan soʻzlar “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
