“561-modda. Master-rejalar
Qurilish sohasida davlat nazorati va boshqaruvi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1179-son) · Sana: 28.09.2026 · Amalda
Master-reja hududlardagi aniq muammolarni bartaraf etishga yoʻnaltirilgan, oʻzida shaharsozlik, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va boshqa loyiha yechimlarini mujassamlashtirgan, shuningdek hududlarning qismlarini iqtisodiy rivojlantirishni yaqin, oʻrta va uzoq muddatlarga rejalashtirish hamda ularning iqtisodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish maqsadida mavjud muammolarning aniq yechimlarini va mazkur yechimlarni amalga oshirish mexanizmlarini oʻzida aks ettirgan shaharsozlik hujjatidir.
Master-rejalarni ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyulda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-701-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 661-modda; 2022-yil, № 4, 340-modda, № 5, 465-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 185-modda, № 7, 533-modda, № 9, 710-modda, № 11, 921, 923-moddalar; 2024-yil, № 1, 5, 7-moddalar, № 2, 105, 112-moddalar, № 7, 628-modda, № 8, 819-modda, № 9, 957, 958-moddalar; 2025-yil, № 1, 3, 6-moddalar, № 2, 189, 197-moddalar, № 3, 376-modda, № 4, 519, 520, 521-moddalar, № 5, 644, 645-moddalar, № 10, 1155-modda, № 11, 1237-modda, № 12, 1322-modda; 2026-yil, № 1, 2, 4-moddalar, № 2, 133-modda, № 3, 253, 255-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 2-ilova:
quyidagi mazmundagi 331-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“ 331. Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ruxsatnoma, bundan avtomobil yoʻllari va sunʼiy inshootlar boʻyicha qurilish-montaj ishlari mustasno Qurilish-montaj ishlarini olib borish, bundan avtomobil yoʻllari va sunʼiy inshootlar boʻyicha qurilish-montaj ishlari mustasno. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari ”;
34-pozitsiyasining “Amalga oshirilishi uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish talab etiladigan faoliyat (harakatlar)” degan ustunidagi “Qurilish-montaj ishlarini boshlash toʻgʻrisida xabarnoma yuborish uchun” degan soʻzlar “Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun ruxsatnoma olish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
