“472-modda. Yetim bolalarni yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni muqobil joylashtirishda qonunchilik talablarini buzish
Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1174-son) · Sana: 11.09.2026 · Amalda
Yetim bolalarga yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga vasiylik va homiylik belgilashda, ularni farzandlikka, tutingan (foster) oilaga berishda yoxud ularga yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun muqobil joylashtirishning boshqa shakllarini belgilashda qonunchilik talablarini buzish”;
4) 245-moddaning birinchi qismidagi “47-moddasining ikkinchi — oltinchi qismlarida” degan soʻzlar “47-moddasining ikkinchi — yettinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) 247-moddaning matnidagi “47-moddasining birinchi va beshinchi qismlarida” degan soʻzlar “47-moddasining birinchi va oltinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 248-modda toʻrtinchi qismining toʻrtinchi xatboshisidagi “47-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida” degan soʻzlar “47-moddasi toʻrtinchi va beshinchi qismlarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Notariat toʻgʻrisida”gi 343-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 42-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2006-yil, № 9, 498-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda, № 10, 673-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda; 2020-yil, № 1, 3-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar; 2022-yil, № 3, 216-modda, № 5, 464-modda; 2024-yil, № 10, 1076-modda, № 12, 1286-modda; 2025-yil, № 10, 1153-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 6-modda toʻrtinchi qismining oltinchi xatboshisi “vasiylikdagi shaxsning mol-mulkini taqsimlashga doir bitimlar hamda uning taqdirini hal qilishga qaratilgan boshqa bitimlar haqidagi” degan soʻzlardan keyin “bolani farzandlikka berish (olish), bolani vasiylikka yoki homiylikka berish haqidagi arizada imzoning haqiqiyligi shahodatlanganligi toʻgʻrisidagi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
