“47-modda. Bolalarni tarbiyalash, ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, tarbiya va taʼlim berish jarayonida ularga nisbatan zoʻravonlik sodir etish”;
Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-1174-son) · Sana: 11.09.2026 · Amalda
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Taʼlim tashkilotida voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlar oʻz zimmasiga yuklatilgan shaxs tomonidan tarbiya va taʼlim berish jarayonida voyaga yetmagan bolaga nisbatan jismoniy zoʻravonlik sodir etish, shuningdek uni kamsitish yoki xoʻrlash kabi harakatlarda ifodalangan tarzda tahqirlash, basharti jinoyat alomatlari, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud boʻlmasa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
ikkinchi — oltinchi qismlari tegishincha uchinchi — yettinchi qismlar deb hisoblansin;
uchinchi qismidagi “Xuddi shunday” degan soʻzlar “Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “uchinchi qismida” degan soʻzlar “toʻrtinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismidagi “beshinchi qismida” degan soʻzlar “oltinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 471-moddaning:
nomidagi “Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan” degan soʻzlar “Yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shunday bolalar turgan muassasa rahbari yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mansabdor shaxsi tomonidan vasiylik va homiylik organiga xabar qilmaslik, xuddi shuningdek ular tomonidan yetim bolalar yoki ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar haqida atayin notoʻgʻri maʼlumotlar berish”;
3) 472-moddaning nomi va dispozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
